Yoşlarning innovatsion taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş ofisi hamkorligida işlab çiqilgan O‘zOffice davlat taşkilotlari, ta’lim muassasalari, tadbirkorlar, talabalar va özbek tilida hujjat tayyorlaydigan barça foydalanuvçilar uçun möljallangan.
Hujjat bilan işlaş uçun kerak bölgan hamma narsa bitta platformada:
Imlo tekşiruvi — xatolar yoziş jarayonida belgilanadi va töğri variant taklif qilinadi;
Alifbo ögirgiç — kirill, lotin va yangi lotin (Ö, Ğ, Ş, Ç) örtasida bir bosişda ögiriş, formatlaş saqlanadi;
Onlayn muharrir — hujjatni brauzerda yaratiş, tahrirlaş, avtosaqlaş va PDF formatida yuklab oliş;
Word, Excel va PowerPoint plaginlari — imlo tekşiruvi va ögiriş bevosita dasturning özida;
Hujjat namunalari va yordamçi — tayyor rasmiy hujjat namunalari hamda suhbat orqali hujjat tuziş.



