
Joriy yilning 5-oktabr kuni Surxondaryo viloyatidagi tayanch maktablarda Ijtimoiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha KRK mashg‘ulotlariga start berildi. Mashg‘ulotlar davomida pedagoglarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish, ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik yondashuvlardan samarali foydalanish hamda o‘quvchilarning ijtimoiy fanlarga oid bilimlarini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, mashg‘ulotlarda fan o‘qituvchilari o‘zaro tajriba almashib, darslarni samarali tashkil etish, ilg‘or pedagogik tajribalarni amaliyotga tatbiq etish yuzasidan fikr va mulohazalar bilan o‘rtoqlashdilar. Mazkur KRK mashg‘ulotlari pedagoglarning metodik salohiyatini oshirish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish va ta’lim sifatini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.



