
Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida faoliyat olib borayotgan Adilova Dilnoza Jurabekovna — A. I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining Qo‘shimcha ta’limni ta’minlash bo‘limi o‘quv-uslubiy ishlari bo‘yicha mutaxassisi Termiz shahridagi Rus markazi va Jangovar shon-sharaf muzeyiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida muzey ekspozitsiyalari bilan tanishilib, Ikkinchi jahon urushi yillarida yurtimizdan frontga safarbar etilgan yurtdoshlarimizning jasorati, tarixiy xotirani asrab-avaylash hamda avlodlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan faoliyat haqida ma’lumotlar olindi. Muzeyning Faxriy mehmonlar kitobi bilan tanishish ham tashrifning muhim qismi bo‘ldi. Mazkur tashrif tarixiy xotiraga hurmat, madaniy muloqot va xalqlar o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.



