Sizlarni 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman! Ustozlik — inson qalbiga ezgulik, bilim va ma’rifat urug‘ini qadash, yosh avlodning kamoloti va kelajagiga beqiyos hissa qo‘shishdek sharafli va mas’uliyatli kasbdir. Sizlarning fidokorona mehnatingiz, sabr-toqatingiz va kasbingizga bo‘lgan sadoqatingiz tahsinga loyiq. Bugungi kunda ta’lim va tarbiya yo‘lida qilayotgan sa’y-harakatlaringiz, yoshlarning bilimli, vatanparvar va barkamol insonlar bo‘lib voyaga yetishiga qo‘shayotgan hissangiz yuksak e’tirofga munosib. Fursatdan foydalanib, barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, baxt-saodat, kuch-g‘ayrat va kasbiy faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. Shogirdlaringiz kamoli va yutuqlari doimo qalbingizga faxr va quvonch bag‘ishlasin! Hurmat bilan, Murot Isoqov



