Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida Adilova Dilnoza Jurabekovna — A. I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining Qo‘shimcha ta’limni ta’minlash bo‘limi o‘quv-uslubiy ishlari bo‘yicha mutaxassisi samimiy kutib olindi. Tashrif doirasida Markaz direktori M. Isoqov, akademik faoliyat bo‘yicha direktor o‘rinbosari A. Bayturayev bilan uchrashuv o‘tkazilib, kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari va amalga oshiriladigan ishlar kelishib olindi. Uchrashuvda “ZO‘R!” (“KLASS!”) loyihasi doirasida rus tili fanini o‘qitish sifatini oshirish, ilg‘or va zamonaviy metodikalarni ta’lim jarayoniga joriy etish hamda pedagoglar tajribasini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Zamonaviy metodika — sifatli ta’lim — yuksak natija!

Leave a Comment