
Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida pedagogik mukammallik modeli bo‘yicha seminar tashkil etildi. Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida ISHONCH jamg‘armasi tomonidan moliyalashtirilayotgan «Oʻzbekistonda taʼlim sohasidagi imkoniyatlarni kengaytirish: yuqori sifatli va inklyuziv taʼlim natijalariga erishish uchun AKT va raqamli taʼlimdan foydalanish» qo‘shma dasturi doirasida seminar tashkil etildi. Seminarda markaz professor-o‘qituvchilari hamda rivojlanish tashabbuslari bo‘yicha g‘oyalari saralab olingan jamoalar ishtirok etib, Pedagogik mukammallik modelini amalga oshirishga qaratilgan loyiha tashabbuslarini ishlab chiqish va ularni loyiha shakliga keltirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar oldilar. Shuningdek, ishtirokchilar Pedagogik mukammallik markazi modelini joriy etishning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qilib, ularni amaliyotga tatbiq etish yuzasidan kelgusidagi vazifalarni belgilab oldilar.



