
2026-yil 25-mart kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi Risolat Usmonaliyeva tomonidan tarix 1-guruh tinglovchilari uchun “Ilmiy-metodik materiallar yaratish” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi. Dars jarayonida tinglovchilar kichik guruhlarda ishlash orqali “Baliq skeleti”, “Vaqt chizig‘i”, “Xronologik kartochka” hamda “Rasmlar ustida ishlash” kabi metodlardan foydalangan holda tarix darslarida ilmiy-metodik materiallar yaratish va ulardan samarali foydalanishning afzalliklari bilan tanishdilar. Shuningdek, ular amaliy mashg‘ulotlarda faol ishtirok etib, o‘z bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashdi.



