
Joriy yilning 17-fevral kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida “Pedagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyalari” kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan maktab amaliyotchi psixologlari guruhi tinglovchilari uchun “Bolalarning individual xususiyatlari, layoqati va qobiliyatini aniqlash hamda ularga psixologik yordam ko‘rsatish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir davomida o‘quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini aniqlash metodlari, layoqat va qobiliyatni baholash mezonlari, shuningdek, amaliy psixologik ko‘mak ko‘rsatishning samarali usullari yuzasidan tavsiyalar berildi.



