Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi «Maktabgacha, boshlang’ich va maxsus ta’lim metodikalari» kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Salomov Abdunazar Abdivosixovich ta’lim jarayonini yangi sifat bosqichiga ko‘tarish uchun pedagog o‘qituvchilar, ta’limning turli yo‘nalishlarida tahsil oluvchilar uchun keng imkoniyatlar yaratish maqsadida o‘tkazilgan “Zamonaviy ta’lim tizimini rivojlantirish, oliy ta’lim muassasalarida yosh kadrlarni sifatli inklyuziv o‘qitishni rivojlantirish va unga qo‘yiladigan talablar, kreativ g‘oyalar, takliflar hamda yechimlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya doirasidagi “O‘z kasbining fidoyisi” xalqaro tanlovidagi munosib va samarali ishtiroki uchun sertifikat va maxsus esdalik statuetka bilan taqdirlandi.

Leave a Comment