
Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi hamda viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamkorligida ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha amaliy ishlar davom etmoqda!
Joriy yilning 25-iyun kuni “Dolzarb 90 kun» tadbirlari doirasida viloyatdagi ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan 11 ta tumandagi 74 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabida ta’lim-tarbiya jarayonini yanada takomillashtirish uchun markaz profesor-o‘qituvchilari, fan metodistlari, mentor-o‘qituvchilar hamda tajribali pedagoglar tomonidan qisqa muddatli kasbiy rivojlantirish (malaka oshirish) kursi o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Mazkur o‘quvlarni tashkil etishdan maqsad pedagoglarning kasbiy salohiyatini oshirish hamda ularni innovatsion ta’lim texnologiyalariga moslashtirish orqali ta’lim sifatini oshirishga erishishdan iborat.



