Joriy yilning 6-mart kuni Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, “Ishonch” teleradiokompaniyasi hamda viloyat “Zakovat” intellektual klubi hamkorligida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Zakovat bulog‘i” intellektual telebellashuvi o‘tkazildi.
Mazkur bellashuvda boshqarma, viloyat Pedagogik mahorat markazi, viloyat bolalar kutubxonasi, viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktabining ayollar jamoalari ishtirok etishdi.
Qizg‘in bahs-munozaralarga boy kechgan tadbir barcha qatnashchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Taqdirlash marosimida viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev ishtirok etib, g‘olib va sovrindorlarni munosib taqdirladi.
Bunday intellektual musobaqalarning viloyat miqyosida o‘tkazilishi yurtimizda xotin-qizlarga bo‘lgan yuksak e’tiborning yorqin namunasidir.