Joriy yilning 6-mart kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi metodistlari S.Xasanov va Ch.Maxmatraimovlar tomonidan Termiz shahridagi 3-, 4- va 8-sonli umumta’lim maktablarida «Kasbiy rivojlanish soati» tadbirlarining o‘tkazilish holati o‘rganildi hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha o‘qituvchilarga ko‘rsatmalar berildi.