2025-yil 26-fevral kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamkorligida PISA 2025 xalqaro tadqiqotlariga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari B.Tashpulatov, Pedagog kadrlar salohiyatini oshirishni muvofiqlashtirish sho‘basi boshlig‘i O.Jumayev, Pedagogik mahorat markazi direktori o‘rinbosari S.Sattorov va markaz fan metodistlari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda xalqaro tadqiqotga koʻrilayotgan tayyorgarlik ishlari, mavjud muammolar muhokama qilindi. Shuningdek, mas’ullarga kamchiliklarni bartaraf etish, xalqaro tadqiqot jarayonlarida yuqori natijalarni qayd etish choralarini koʻrish boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berildi.

Leave a Comment