Milliy liboslar bu  xalqimizning boy madaniy merosini, an’ana va qadriyatlarini aks ettiruvchi millat ko‘zgusi hisoblanadi. Uzoq tarixdan so‘zlaydigan ushbu liboslarimiz nafaqat go‘zallik, balki milliy ruh tarbiyachisi, qadriyatlar bezagidir. Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida urf-odatlarga bo‘lgan hurmat an’anasi davom etib kelmoqda.

 2025-yil 21-fevral kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi jamoasi yoshlarni milliy va umuminsoniy, ma’naviy-madaniy qadriyatlarimiz, an’ana va urf-odatlarimiz, milliy san’atimiz bilan tanishtirish hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish maqsadida ishga milliy liboslarda kelishdi.

Leave a Comment