Prezidentimiz  tomonidan ilgari surilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi orqali koʻchat ekib, bogʻlar barpo etish tevarak-atrof musaffoligini taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etadi va ekologik barqarorlikni taʼminlaydi.
🌿  Ushbu loyihani amalga oshirishga faol hissa qo‘shish maqsadida bugun Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi jamoasi tomonidan o‘quv binolari atrofiga, markaz hovlisiga manzarali, mevali daraxtlar ko‘chatlari ekildi.