Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi va Termiz shahridagi Prezident maktabi oʻrtasida imzolangan memorandum doirasida joriy yilning 4-dekabr kuni «Samarali ta’lim tizimi va pedagogik yondashuvlar: Prezident maktabi tajribasi» mavzusida seminar-treninglar tashkil etildi.
Bunda Prezident maktabi oʻquvchilarini oʻqitishda toʻplangan tajribalar Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi oʻqituvchilariga ulashildi hamda viloyatdagi umumtaʼlim maktablarida qoʻllash boʻyicha tavsiyalar berildi.