Shundan so‘ng, Qumqo‘rg‘on tumanidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni sog‘lom ovqatlantirish, ta’lim-tarbiya jarayonlarini sifatli tashkil etish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ko‘rsatib o‘tilib, ularni bartaraf etish borasidagi vazifalar belgilab berildi.
Viloyat rahbari tumanga tashrifi yakunida 27-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida viloyat Pedagogik mahorat markazi faoliyati va kelgusidagi rejalari yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. Markaz tomonidan joriy yilda 22 816 nafar o‘qituvchilar, 688 nafar bog‘cha tarbiyachilarining malakasini oshirish rejalashtirilgan bo‘lib, yil yakuniga qadar ushbu ko‘rsatkichlar bajarilishi qayd etildi.
Shuningdek, shu yerning o‘zida tumandagi umumta’lim maktablari direktorlari bilan ta’lim sifatini oshirish, kelgusi yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar muhokama qilinib, tajribalari pedagog-rahbarlarning takliflari tinglandi.



