Joriy yilning 22-noyabr kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi “Maktabgacha, boshlangʻich va maxsus ta’lim metodikalari” kafedrasi o‘qituvchisi Munisa Oripova tomonidan “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturining amaliy tatbig‘i sifatida maktabgacha ta’lim tashkiloti guruhi tinglovchilari uchun Termiz shahridagi 31-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ko‘chma amaliy mashg‘ulot tashkil qilindi.
Amaliy mashg‘ulotlar jarayonida M.Oripova tomonidan tinglovchilarga ilm-fan va tabiat, qurish-yasash hamda san’at markazlaridagi bolalarning faoliyatlari haqida ma’lumotlar berildi.



