ISOQOV MUROT MADAMINJONOVICH
1984-yil 26-mayda Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida tug‘ilgan.
2006–2009-yillarda Termiz davlat universiteti (bakalavr, magistratura)ni, 2016-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.
M.Isoqov turli yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Surxondaryo viloyati o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmasi Sho‘rchi agrosanoat kasb-hunar kolleji ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Surxondaryo viloyati o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmasi Sho‘rchi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi kasb-hunar kolleji direktori, Surxondaryo viloyati o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi Rahbar va pedagog kadrlarni tanlash va ularning malakasini oshirish sho‘basi mudiri, Sho‘rchi tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, Surxondaryo viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasida bosh uslubchi-maslahatchi, Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tuman 3-son kasb-hunar maktabi direktori, Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tuman Ixtisoslashtirilgan maktab direktori, Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2024-yil 17-sentabrdan Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi direktori lavozimiga tayinlandi.


