Toshkent shahrida 12-15-avgust kunlari USAIDning «Barcha bolalar muvaffaqiyatli» loyihasi doirasida «Boshlang’ich sinflarda formativ baholashni tashkil etish» mavzusida trening bo’lib o’tmoqda. 

 

Mazkur 4 kunlik intensiv trening O‘zbekistondagi o‘qituvchilarga baholash bo‘yicha zarur ko‘nikma va bilimlarni berish orqali ularning salohiyatini oshirishga qaratilgan. Samarali o‘qitish va uning muhim tarkibiy qismi bo‘lgan formativ baholash o‘qituvchilarga real vaqt rejimida turli xil ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan o‘quvchilarning rivojlanishini kuzatish va qo‘llab-quvvatlash imkonini beradi, natijada yanada inklyuziv ta’lim muhitini rivojlantiradi.

 

Ushbu treningda Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi dotsenti, pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori Nigora Kenjaboyeva, boshlang’ich ta’lim metodisti Go’zal Mavlyanova hamda Termiz shahridagi 12-umumta’lim maktabining boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi Lola Dusmuratova ishtirok etmoqdalar.

Leave a Comment