Joriy 2024-yilning 8-may kuni Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazida »Metodik xizmat ko‘rsatish» bo‘limining tasviriy san’at va chizmachilik fani metodisti Ug’iloy Kurbonazarova tomonidan Tasviriy san’at va chizmachilik guruhi tinglovchilariga »Metodist soati» tashkil etildi.
Dars jarayonida o‘qituvchilarga »4K» modelidan foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish, PIRLS xalqaro baholash tadqiqotlariga o‘quvchilarni tayyorlash hamda pedagoglarni ilg‘or ish tajribalarini ommalashtirishning yangi tartibi to‘g‘risida tushuncha va metodik tavsiyalar berildi.



