Pedagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyasi” kafedrasida jami 13 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatib, shundan 6 nafar professor-o‘qituvchi asosiy shtatda, 7 nafari esa o‘rindoshlikda faoliyat ko‘rsatadi. Kafedra tarkibida 3 nafar fan doktori, professor, 1 nafar fan nomzodi, dotsent, 6 nafar ilmiy daraja va unvonga ega bo‘lmagan katta o‘qituvchi va 3 nafar o‘qituvchi kafedrada faoliyat ko‘rsatishmoqda.
KAFEDRA PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI HAQIDA MA’LUMOT
Durmanova Gulchehra Dusiyarovna
1993-yilda Termiz davlat universitetini “Maktabgacha ta’lim, pedagogika va psixologiya “ mutaxassisligi bo‘yicha, 2014-yilda Toshkent davlat pedagogika institutini “Ta’lim tizimi uchun psixolog” mutaxassisligi bo‘yicha tugatgan.
2010-yil 4-yanvardan Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi “Pedagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyalari” kafedrasida katta o‘qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda.
To‘raxonov Abdukarim Eshqo‘ziyevich
2008-yilda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetini “Umumiy psixologiya, psixologiya tarixi” mutaxassisligi bo‘yicha tugatgan.
2018-yildan hozirgi Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi “Pedagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyalari” kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda.
KAFEDRADA O‘QITILADIGAN FANLAR
1. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar va usullar.
2. Pedagogning kasbiy kompetentligi va mahorati.
3. Mutaxassisning kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirish.
4. Inklyuziv ta’limni joriy etish masalalari.
5. Pedagogning mas’uliyati va moslashuvchanligi.
6. Rahbarning mas’uliyati va moslashuvchanligi.
7. Ta’limda boshqaruv.
8. O‘quv-metodik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish.
9. O‘zini-o‘zi rivojlantirish, uzluksiz kasbiy rivojlanish.
10. Pedagogning kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirish.
11.Maktab amaliyotchi psixologi mas’uliyati va moslashuvchanligi.
12. Maktab amaliyotchi psixologlari faoliyatidagi dolzarb masalalar.
Qayta
tayyorlash kurslari uchun:
1. Umumiy
psixologiya
2. Umumiy
pedagogika
3. Oila
psixologiyasi
4.
Oila pedagogikasi
5. Ijtimoiy
psixologiya
6.
Ijtimoiy pedagogika
7.
Pedagogik mahorat
8.
Tarbiyaviy ishlar metodikasi
9.
Xalq pedagogikasi. Qiyosiy
pedagogika
10. Pedagogik va psixologik fanlarni o‘qitish metodikasi
11. Yosh va pedagogik psixologiya
12. Psixodiagnostika va eksperimental psixologiya
13. Psixologik xizmat
14. Xulqi og‘ishgan bolalar psixologiyasi
15. Pedagogik texnologiya
16. Pedagogik konfliktologiya
17. Kasbga yo‘naltirish va kasb tanlash asoslari
18. Psixologik trening asoslari
KAFEDRADA OLIB BORILAYOTGAN ILMIY ISHLAR
1. To‘raxonov Abdukarim Eshqo‘ziyevich. Talabalarda kasbiy mas’uliyat shakllanishining psixologik xususiyatlar.
2.Mamadaliyeva Marhabo. Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglarida kasbiy kompetentlikni shakllantirish va rivojlantirish.
3. Nurmamatov Abdumalik Shermatovich. O‘spirinlarning hayotiy strategik o‘z-o‘zini anglashda kreativlik omillari.


