PEDAGOGIKA MARKAZIDA MALAYZIYALIK PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI
2023-yil 15-sentabr kuni Malayziyaning Perlis universiteti professor-o‘qituvchilari Anuar Bin Mat Safar va Fatanah Deraman Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgaish milliy markaziga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida malayziyalik professor-o‘qituvchilar markaz direktori bilan uchrashib, taʼlim, ilmiy-tadqiqot hamda professor-o‘qituvchilar almashinuvi bo‘yicha amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qildilar.
Uchrashuvda mehmonlar Malayziya taʼlim tizimi va taʼlim muassasalari faoliyatiga oid taqdimotlarni o‘tkazib, ilm-fan va kadrlar tayyorlash sohasida erishilayotgan yutuqlar haqida ma’lumot berdilar.
#Xalqaro e’tirof
Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o’rgatish milliy markazi professor-o’qituvchilari samarali hamkorlik uchun Tojikiston Respublikasi ta’lim xodimlarining malakasini oshirish institutining Sug‘d hamda Xatlon viloyatlaridagi filiallari rahbariyati tomonidan tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.