Oʼzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2023-yil 14-iyuldagi «Ikkinchi ustozlar milliy forumi»ga tayyorgarlik koʼrish va oʼtkazish toʼgʼrisida gi 206-sonli buyrug’i bilan tumanlarda «Ustozlar milliy forumi»ni joriy yilning 22-24-avgust kunlari oʼtkazilishi belgilab qoʼyilgan.

Shu munosabat bilan 22-avgust kuni Uzun tumani 23-umumtaʼlim maktabida «Sifatli taʼlim-kuchli jamiyat» shiori ostida «Ikkinchi ustozlar milliy forumi»ning tuman bosqichi oʼtkazildi.

Tadbirda tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʼyicha oʼrinbosari Z.Аbdanov, viloyat pedagoglarni yangi metodikalarga oʼrgatish milliy markazi Metodik xizmat koʼrsatish boʼlimi metodisti F.Tangirov, tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʼlimi boshligʼi M.Аbdushukurov hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi boʼlimi masʼul xodimlari, direktor oʼrinbosarlari va trener oʼqituvchilar ishtirok etdi.