OAK e’tirofidagi «O’zbekistonda oliy ta’lim» ilmiy, o’quv-uslubiy, tahliliy jurnalining navbatdagi sonida Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o’rgatish milliy markazi «Tillarni o’qitish metodikasi» kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori Umarov Bahrom Norboyevichning «Falsafa doktorlari (PhD)ni tayyorlashda jozibador innovatsion muhit: xorijiy tajriba» nomli maqolasi e’lon qilindi.