Joriy yilning 12-may kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri maslahatchisi, psixologiya fanlari doktori, professor Shoumarov G‘ayrat Bahromovich hamda Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazida malaka oshirayotgan xalq ta’limi xodimlari o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar, sohada haligacha dolzarb muammo bo‘lib turgan jihatlar va ularga yechim topish, ta’lim sifatini oshirishda maktab jamoasida shaxslararo munosabatlar, ijtimoiy-psixologik muhitning o‘rni kabi mavzular yuzasidan fikr-mulohazalar almashinildi.



