Ilmiy faoliyat

OAK e’tirofidagi «ZAMONAVIY JAMIYAT VA INNOVATSIYALAR» ilmiy-nazariy jurnalining navbatdagi sonida Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi «Pedagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyalari» kafedrasi o’qituvchisi Maftuna Mengliqulovaning «Pedagog imidjini takomillashtirishda milliy an’analar va qadriyatlar ta’sirining etnologik va etnografik tahlili (OTM professor- o‘qituvchilari kiyinish madaniyati misolida)» nomli maqolasi e’lon qilindi.

Read More

Metodist soati

Joriy yilning 19-noyabr kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida Ingliz tili fani metodisti Fozilova Nigora tomonidan ingliz tili fani tinglovchilariga »Metodist soati» tashkil etildi. ✅Unda o‘qituvchilarga yangi pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish hamda oʻqituvchlarning ilgʻor ish tajribalarini ommalashtirish tartibi haqida maʼlumotlar berildi.

Read More