O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2024-yil 24-dekabrdagi 411-sonli buyrug‘iga asosan 2025-yilning 6-10-yanvar kunlari A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida Singapurning “Marshall Cavendish Education” tashkiloti ekspert va trenerlari tomonidan matematika va tabiiy fanlar (Science) boʻyicha master-trenerlar uchun oʻquvlarning navbatdagi bosqichi tashkil etiladi.
Bugun mazkur oʻquvlarda Surxondaryo viloyati aniq va tabiiy fanlar bo‘yicha mentor-o‘qituvchilari Zoom platformasi orqali masofadan ishtirok etishdi.



