Bugun Surxondaryo viloyat pedagogik mahorat markazida PISA 2025 asosiy tadqiqotiga munosib tayyorgarlik ko‘rish maqsadida seminar-treninglar bo‘lib o‘tdi. Ochilish marosimida viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Muhriddin Normurodov, Pedagogik mahorat markazi vakillari, mentor ustozlar va boshqa mas’ullar ishtirok etishdi.


Dastlab PISA-2022 tadqiqotida xalqaro va milliy natijalar yuzasidan so‘z yuritildi. Shundan so‘ng sho‘balarda davom etgan treninglar davomida pedagoglarga o‘qish, matematika, tabiiy-ilmiy savodxonlik hamda raqamli dunyoda o‘rganish yo‘nalishlarida mashg‘ulotlar olib borildi.


Seminarda o‘quvchilarning tadqiqotlarda munosib ishtirokini ta’minlash hamda pedagoglarda PISA kompetensiyalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.