Ushbu “Metodik marafon”da Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi, viloyat pedagogik mahorat markazi professor-o‘qituvchilari, fan metodistlari, Prezident maktabi hamda ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchilari tomonidan treninglar o‘tkaziladi.
Bugun Surxondaryo vilolyati pedagogik mahorat markazida pedagoglarni kasbiy rivojlanishiga koʻmaklashish va metodik qoʻllab-quvvatlash maqsadida mazkur «Metodik marafon» tadbiri boshlandi.
Unda Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi professor-oʻqituvchilari N.Kenjaboyeva, S.Qodirova, J.Razzoqov, Denov tumanidagi 11-sonli ayrim fanlar chuqur o‘qitiladigan sinflari mavjud umumiy o‘rta ta’lim maktabi matematika fani o‘qituvchisi N.Farmonovlar o’z maʼruzalari bilan ishtirok etishdi.



