🔰Joriy yilning 9-avgust kuni Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tashabbusi bilan taʼlim vazirliklari va tashkilotlari hamkorligida “Mahoratli o‘qituvchi – malakali millat: uzluksiz kasbiy rivojlantirishdagi muammo va yechimlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

✅ Mazkur konferensiyada Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi rahbariyati va fan metodistlari ham faol ishtirok etdilar. ✅ Konferensiya davomida o‘qituvchilar malakasini oshirish, ilg‘or tajribalarni o‘rgangan holda taʼlimga ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etishda zamonaviy yechimlarni taqdim etishga qaratilgan turli masalalar yuzasidan takliflar o‘rganilib, mulohazalar olib borildi.

Read More