2024-yil 10-may kuni Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi o‘zbek tili fani metodisti Bahriddin Raimqulov tomonidan Termiz shahridagi 1-sonli umumta’lim maktabida 7-sinf o‘quvchilari uchun “Ulug‘bek rasadxonasi” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.

Dars jarayonida “Intervyu”, “So‘z o‘yini”, “Aqliy hujum”, “Blits so‘rov”, “Mos atamani top”, “Tushunchalar tahlili” kabi metod va interaktiv o‘yinlardan foydalanildi.