⚡️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlari tuzilmasidagi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi  metodistlari uchun o‘tkazilgan tanlov natijalariga ko’ra Jumayev Abdujabbor Qurbonovich — Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazining metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi informatika fani metodisti vazifasiga tayinlandi.  

  

⚡️Abdujabbor Jumayev 1986-yilda Sho‘rchi tumanida tug‘ilgan. 2009-yilda Termiz davlat universitetini (bakalavr) tamomlagan.  

  

⚡️U bugunga qadar Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida o‘quvchilarda zamonaviy ko‘nikmalarni shakllantirishni muvofiqlashtirish sho‘basi metodisti vazifasida faoliyat olib borgan.