Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlari tuzilmasidagi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i va fan metodistlar uchun tanlov e’lon qilingan edi.

2023-yil 29-aprel kuni mazkur tanlovning Termiz shahridagi Prezident maktabida tashkil etilgan test bosqichida nomzodlar o’z bilimlarini sinovdan o’tkazishdi. Mazkur bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan pedagoglar tanlovning suhbat bosqichida ishtirok etishadi.