⚡️ 2023-yil 28-aprel kuni «Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi» kafedrasi katta o‘qituvchilari Shahodat Teshaboyeva va Nazokat Bozorova tomonidan Qumqo’rg’on tumanidagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchilari ishtirokida “Ta’limning normativ-huquqiy hujjatlarini bilish va kasbiy faoliyatda foydalanish masalalari” mavzusida o‘quv seminari o‘tkazildi.

🔰 Seminarda huquqiy fanlarni oʻqitish metodikasining oʻziga xos xususiyatlari, darsning mazmuni, mohiyati, yoʻnalishlarini belgilashda oʻqituvchining shaxsiy va pedagogik sifatlari, bilim darajasi, mahorati muhim oʻrin tutishi, oʻquvchilarning huququiy savodxonligini oshirish, darslarda berilgan bilimlarni hayotiy hamda amaldagi tartib-qoidalar va meʼyoriy normalar bilan bevosita bogʻliq boʻlishligi tushintirib oʻtildi.