Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o’rgatish milliy markazi «Aniq va tabiiy fanlar metodikasi» kafedrasi katta o’qituvchisi Sattorov Sanjar Abdumurodovich “Hududlarning notekis ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ekonometrik baholash (Surxondaryo viloyati misolida)” mavzusida 08.00.06 – Ekonometrika va statistika ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Markaz jamoasi S. Sattorovni falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini qo‘lga kiritganligi munosabati bilan tabriklaydi va kelgusi ilmiy, pedagogik faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi!



