TOJIKISTONLIK O’QITUVCHILARGA SERTIFIKATLAR TOPSHIRILDI

2022-yil 17-sentabr kuni Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o’rgatish milliy markazida 36 soatlik malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli yakunlagan tojikistonlik o’qituvchilarga sertifikatlar topshirildi.

HINDISTONLIK O’QITUVCHILAR BILAN HAMKORLIKDA ONLAYN VEBINAR O’TKAZILDI

🇺🇿 🇮🇳2022-yil 29-yanvar kuni Surxondaryo viloyati XTXQTMOHM “Maktabgacha, boshlangʻich va maxsus taʻlim metodikalari” kafedrasi hamda hindistonlik o‘qituvchilar hamkorligida XALQARO ONLAYN VEBINAR o’tkazildi!

⚡️ Mazkur vebinarda o‘zbek va hind talabalari, professor-o‘qituvchilar, tinglovchilar ishtirok etdi. Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad o‘quvchilarni zamonaviy ilm-fan, texnika vositalarini keng targ‘ib qilish orqali yangi, istiqbolli texnologiyalar bilan tanishtirishdir.

– O‘zbekistonni Markaziy Osiyoda ta’lim va ilm-fan sohasida eng rivojlangan davlatlardan biri deb bilaman. Ushbu hamkorlik uchun Surxondaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi rahbariyatiga minnatdorlik bildiraman. Kelajakda birgalikda ko‘plab qo‘shma tadbirlarni amalga oshiramiz degan umiddaman, – dedi hindistonlik o‘qituvchi, STEAM boʻyicha yozilgan bir qancha kitoblar muallifi R. RAJAPAKSHE.