INGLIZ TILI O’QITUVCHILARI UCHUN O’QUV SEMINARI TASHKIL ETILDI

⚡️Surxondaryo viloyatidagi ingliz tili o‘qituvchilarining xalqaro sertifikatga ega bo‘lishlarini qo‘llab-quvvatlash, ularga metodik yordam ko‘rsatish maqsadida 2022-yil 17-mart kuni hududiy markazda Toshkent shahrida joylashgan TESOL ASIA INTERNATIONAL o‘quv markazi bilan hamkorlikda o‘quv seminari tashkil etildi.

🔰 Seminarda TESOL ASIA INTERNATIONAL o‘quv markazining direktor o‘rinbosari Farmon Muhammad Rustam, nigeriyalik mutaxassis Maykl Oso Olamide, hududiy markaz professor-o‘qituvchilari hamda viloyat maktablarida faoliyat olib borayotgan ingliz tili o‘qituvchilari ishtirok etishdi.

✅ TESOL ASIA INTERNATIONAL o‘quv markazining mutaxassislari tomonidan chet tili fani oʻqituvchilarining tinglab tushunish, oʻqish, yozish va gapirish kompetensiyalarini rivojlantirish hamda xalqaro sertifikatga ega boʻlishlari uchun tegishli tavsiyalar berildi.