
OAK e’tirofidagi «Fan va ta’lim yangiliklari» ilmiy jurnalining navbatdagi sonida Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi boshlang‘ich ta’lim metodisti Go‘zal Mavlyanova maqolasi e’lon qilindi. “Fan va ta’lim yangiliklari” ilmiy-amaliy jurnali Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining qarori (25.08.2025 y., №374/5) bilan pedagogika va psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga talabgorlarning dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan milliy ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan.



